400 000m²
Foydalanishga topshirilgan turar-joy majmualarining umumiy maydoni.

9 majmua · 6 shahar
Biz uchun rivojlanish — bu shunchaki qurilish emas, balki shahar hayotining bir qismiga aylanadigan yaxlit muhitni yaratishdir. Har bir amalga oshirilgan loyiha ufqlarimizni kengaytiradi va ambitsiyalarimizni mustahkamlaydi.
2011-yildan beri TXT Group qurilish, ishlab chiqarish, savdo va ko'chmas mulk yo'nalishlarini birlashtirgan ko'p tarmoqli korporatsiyaga aylandi.
Kompaniya tarixiTanlangan majmualar
400 000m²
Foydalanishga topshirilgan turar-joy majmualarining umumiy maydoni.
1000+
oila TXT Group qurgan obyektlarda yashamoqda.
15
majmua foydalanishga topshirilgan.
3000+
xodim bugun kompaniyada faoliyat yuritmoqda.
TXT Group'dan xonadon xarid qilgan har bir mijoz Mercedes-Benz G63, yigirmata Cobalt avtomobili hamda ellikta Umra yo'llanmasi o'ynaladigan aksiya ishtirokchisiga aylanadi.
Uy — bu shunchaki devorlar emas. Bu yerda kimningdir hayoti boshlanadi, bu yerda orzular ushaladi. Shuning uchun biz har bir detalga jiddiy qaraymiz.
Xurshid To'rayevKompaniya asoschisi
Moliyaviy muvaffaqiyat — tabiiy natija. Asl maqsadimiz — ko'p yillar davomida o'z qadr-qimmatini saqlab qoladigan va odamlar uchun foydali bo'lib qoladigan loyihalarni yaratish.
Kompaniya «Marakand led invest» nomi bilan LED lampalar va yoritish tizimlarini yetkazib berishdan boshladi. Birinchi yilning o'zida assortiment 200 xildan oshdi.
O'z ishlab chiqarish liniyalari ishga tushdi: mahsulotlarning 80 foizidan ortig'i korxonaning o'zida tayyorlana boshladi.
Qurilish materiallari zavodi faoliyat boshladi, kompaniya tarixida birinchi marta mahsulot xorijga eksport qilindi.
Kabel va elektr mahsulotlari yo'nalishi energetika va qurilish sohasidagi yirik tashkilotlar bilan hamkorlikka yo'l ochdi.
Maishiy texnika va televizor ishlab chiqaruvchi zamonaviy, energiya tejamkor zavod ishga tushirildi.
Sement va beton ishlab chiqarish yirik infratuzilma va turar-joy qurilishlari uchun ishonchli ta'minot zanjirini shakllantirdi.
2000 dan ortiq xonadon va City Mall gipermarketini o'z ichiga olgan yirik majmuaga tamal toshi qo'yildi.
Samarqanddagi eng yirik savdo markazlaridan biri to'liq rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.
«Rublovka», «Festival Mall» va «Brilliant City» kompaniyaning bozordagi o'rnini mustahkamladi.
«Sohil», «Zamin Jizzax», «Central Avenue» va «Yaqinlar» majmualari qurilishi yo'lga qo'yildi.
Qurilish, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish yo'nalishlari integratsiyalashgan boshqaruv ostida birlashtirildi.
TXT Group — O'zbekiston iqtisodiyotidagi eng yirik ko'p tarmoqli korporatsiyalardan biri.
Tugallangan loyihalarimiz
Sotuv bo'limi har kuni aloqada. Qo'ng'iroq qiling yoki raqamingizni qoldiring — o'zimiz bog'lanamiz.
Sotuv bo'limi1361